TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2022

Zamonaviy laboratoriya jihozlarida dars jarayoni

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani A. Isaqov va “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi dotsenti S.Xushiyevlar 2022-yilning 3-dekabridan 11-dekabrigacha boʻlgan muddatda Rossiya Federatsiyasining Cheboksar shahrida “EKRA” ilmiy-amaliy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tashkil etilgan “6-35 kV kuchlanishli transformator podstansiyasi uskunasi rele himoyasi va avtomatlashtirish qurilmasi” mavzusidagi dastur boʻyicha tajriba almashib keldi.

Dastur yakunida “EKRA” ilmiy-amaliy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 10 000 AQSH dollariga teng bo`lgan BE2502A 0402 va BE2502A 0701 rusumidagi zamonaviy terminal va SPU 2 mikroprosessorli releni tekshirish qurilmasi bilan jamlangan ilmiy laboratoriya jihozini unversitetga olib keldi. Ushbu laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda talabalarga laboratoriya mashgʻulotlari oʻtilmoqda. Bu laboratoriya jihozlari orqali olib borilgan mashgʻulotlarda talabalar oʻzlarining zamonaviy laboratoriya jihozlari toʻgʻrisidagi fikr mulohazalarini yanada kengaytirdi hamda laboratoriya jihozlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga ega boʻlishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati