TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2022

Yangi ta’lim yo’nalishlariga yangicha ta’lim

     Mamlakatimiz export salohiyatini oshirishda “Texnik expertiza va marketing” sohasining ahamiyati juda katta. Shuning uchun respublikamizda yagona bo’lgan yangi 5313200 – “Texnika va texnologiyalarning texnik expertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar)” ta’lim yo’nalishi talabalariga universitetimizda rivojlangan xorij universitetlari fanlari asosida ta’lim berilmoqda. Bunday yangi fanlardan ta’lim berish esa talabalarda ushbu kasbga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirmoqda. Yozgi amaliyot davrida O’zbekExpertiza, UzTest, “Nexnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida   davlat nazorati departamenti”, O’zbekiston Milliy Metrologiya institutlarida amaliyot o’tagan talabalarga ushbu korxonalar rahbarlaridan universitetimizga bir nechta minnatdorchilik xatlari kelib tushdi.  Quyida shunday dars jarayonlardan biri dotsent R.Baratov tomonidan “Birlashtirilgan sistemalar” fanidan mashg’ulotlar olib borish jarayonidan lavhalar keltirlgan.