Xotin-qizlar ma’naviyati
2022 - yil 16 - sentabr kuni Milliy tadqiqot universitetimizning 3 -talabalar turar joyiga qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Ranoxon Turdibaeva, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirining maslahatchisi Odinaxon Jamolidinnova, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Pazilova Meruetlar tashrif buyurdilar.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Zuxra Ismoilova boshchiligida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi imkoniyati cheklangan talaba-qizlar bilan suhbatlashdilar. Manaviyat xonasida QXM fakulteti xotin- qizlar kengashi azosi Ergashxon Ganiboeva qizlar bilan odob-axloq, kiyinish madaniyati, qizlarni oilaga tayyorlash, kabi masalalarda davra suhbati o‘tkazayotganining guvohi bo‘ldi.
Universitet rahbariyati tomonidan tashkil qilingan tikuv to‘garagiga kirib qizlarni ish ustida o‘tirganidan mamnunligini aytishdi va hamshira xonasi kir yuvish xonalaridagi imkoniyatlarni ko‘rib qizlarga shukronalik tuyg’usi haqida gapirishdi.
2 - qavatda kutubxonaga chiqqanlarida SXTEB fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Rano Qodirova, M Qushnazarova, G. Shodievalar 'Kitob - marifat bulog‘i" mavzusida tadbir ustidan chiqib qizlar bilan asarlar yuzasidan savol-javob qilib talabalar kitob o‘qimayapti degan fikrdan yiroqligini bilib xursand bo‘ldilar.
Xonalarning tozaligi, qizlarning bir-biri bilan do‘stona munosabatlari odob-axloqi, kiyinish madaniyati kabi tushunchalarni YeRB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va O.Ro‘ziqulovalar o‘tkazayotgan davra suhbatlaridan qoniqish hosil qilishdi. Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Zuxra Ismoilova yana nimalar qilish kerakligi haqida takliflar berdi.
YeRB fakulteti tyutori A.Xaitova axboroti
Universitet matbuot xizmati