TIQXMMI yangiliklari

img
24.09.2022

Xalqaro konferensiyada magistrlar ishtiroki

Respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya hajmdorligini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan oʼtgan xalqaro energotejamkor ilgʼor texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yoʼnalishlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha ishlar olib borilmoqda. Qoʼyilgan maqsadlarga erishishda energiya taʼminoti asosiy omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning oʼsishi va tabiiy ijobiy demografik tendensiyalar, oʼz navbatida energetika resurslaridan yanada koʼproq foydalanishni talab etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirligi huzuridagi qayta tiklanuvchan energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 23-24 sentabr kunlari “JAHONDA VA OʻZBEKISTONDA PAST UGLERODLI RIVOJLANISHNING YANGI UFQLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya oʻtkazilmoqda. Ushbu konfrensiyaga vakolatli va manfaatdor vazirliklar, idoralar vakillari hamda xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan bir qancha vakillar ishtirok etishmoqda. Shular qatorida Universitetimizning  “ET va QTEM” kafedrasidan professor-oʻqituvchilar va magistrantlar ishtirok etishdi. Ular oʻzlari uchun bir qancha kerakli ma’lumotlarga ega boʻlishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti A.Davirov axboroti

Universitet matbuot xizmati