TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2022

Musiqa – insoniyatning universal tilidir

Joriy yilning 20 - sentabr kuni GTS fakulteti 1-kurs talabalari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova, GTS fakulteti tyutorlari A.Xaydarov va D.Xursandovalar hamkorlikda tadbir tashkil etishdi. Tadbir yosh avlodlarimiz qalbida musiqaga bo'lgan qiziqishlarni kuchaytirib, ona vatanga, oilaga, oliygohga sadoqat, mehr – muhabbat, faxrlanish tuyg'ularini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Qalami o'tkir  ustoz yozuvchimiz A. Qahhorning: “Astoydil taqillatilgan eshik, ochilmasdan qolmaydi”, - degan iboralariga amal qilgan holda, har kuni talabalarimizning qalb eshiklarini musiqa ohanglari orqali “ochish”ga harakat qilyapmiz va bu urinishlarimiz yaxshigina natijalarni beryapti.  Bu borada bizga beminnat yordamlarini berayotgan barcha rahbar xodimlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, Oliygohimiz ravnaqiga talabalarimiz san'atlari orqali o'z hissamizni qo'shishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. 

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati