TIQXMMI yangiliklari

img
17.09.2022

Xalq bankidan talabalar uchun ta’lim krediti

   "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida shartnoma asosida taxsil olayotgan talabalar bilan Xalq banki rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bugungi kunda ta’lim krediti afzalliklari va qulayliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa davlatimiz tomonidan talaba qizlar va ayollar uchun yaratilgan sharoitlar, foizsiz ta’lim kreditlari ajratilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talabalar o‘rtasida juda qiziqish uyg‘otdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank mutasaddilari tomonidan batafsil javob olishdi. Xalq banki va universitet o‘rtasida bu borada doimiy aloqa o‘rnatishga kelishib olindi.

Universitet bosh xisobchisi I.Xasanov axboroti