TIQXMMI yangiliklari

img
19.09.2022

Suv xo‘jaligidagi islohotlarning tashviqoti

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish bo‘yicha 2017-2022 yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish bo‘yicha jami 891,9 ming/ga, shundan tomchilatib sug‘orish-290,3 ming/ga, yomg‘irlatib sug‘orish-13,5 ming/ga, pulsar sug‘orish-10,6 ming/ga,  boshqa suv tejovchi sug‘orish-391,7 ming/ga, lazer uskunasi yordamida sug‘orish-185,8 ming/ga maydonda qo‘llanilib kelinmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari “TIQXMMI”MTU “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor Isaev Sabirjan Xusanbaevich, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining “Agrobiologiya” fakultet dekani dotsent Tursunov Ibroximjon Abduxalilovich, O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi professori, professor Sodiqjon Obidovich Abduraxmonov bilan shu institutning “Agronomiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 11,12,13-guruh talabalari bilan uchrashuvda keyingi yillarda suv tanqisligi yildan yilga tobora oshirib borayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha trening kurs o‘tkazildi. 

“TIQXMMI” MTU “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor Isaev Sabirjan Xusanbaevich, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining “Agroinjeneriya va gidromelioratsiya” fakultetining “Gidrotexnika va melioratsiya, inshootlari” kafedra mudiri, t.f.n. dotsent Qarabaev Anvar, assistent Eshonqulov Zoxidjon bilan shu institutning “Suv xo‘jaligi melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 51-guruh talabalari bilan uchrashuvida keyingi yillarda iqlim o‘zgarishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha trening kurs o‘tkazildi.

Universitet matbuot xizmati