Suv va ekologiya muammolari
“Gidromelioratsiya” fakulteti «Suv ta’minoti muhandislik tizimlari» ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 407 - guruh talabalari guruh murabbiysi M.Abduqodirovalar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Deputati Xodjayeva Moxira Mirzaxmatovna, O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi bo'lim boshlig'i Alixanova Gulsanam, O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti bosh mutaxassisi Ibragimova Nigora hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti bosh mutaxassisi Pirmuhamedov Sherzodlar bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.M. Xodjaeva ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonunning mazmun - mohiyati to‘g‘risida ta'kidlab o‘tdi. O‘zbekiston respublikasining qonuni Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonunni 22.07.2022 yildagi O‘RK-784-sonli qonuni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida yoshlarga qonunning mazmun - mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Universitet matbuot xizmati
.