TIQXMMI yangiliklari

img
19.09.2022

Sport bizni birlаshtirаdi

Hammamizga maʼlumki, bugungi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasalarida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboyev hamda futbol bo‘yicha fakultetda komanda sardori Yusufjon Abdullaevlar  tashabbuslari bilan 1 kurs talaba-yoshlar oʼrtasida “Sport sogʼliq garovi” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftaliga start berildi.

Bugun ushbu sport haftalikni birinch kuni. Bugungi musobaqamizda o'g'il bolalarimiz sportni futbol turi bo'yicha o'zaro brllashdilar. Ushbu musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland 1 kurs talabalari guruhlar miqyosida faol ishtirok etishdi.  G'olib komandalar hafta oxirida taqdirlanadi. Barcha ishtorokchilarga omad tilaymiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati