So'z sehridan kuchliroq sehr yo'q
Joriy yilning 14 - sentabr kuni universitet psixologi M.K. Muxamedova va GTS fakulteti tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda GTS fakulteti 2 - kurs 201-guruh talabalari bilan “So'z qudrati” mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbir talabalarga so'zni qo'llash va undan o'rinli foydalanish haqida tushuncha berish orqali ularning nutqiy savodxonligini oshirish hamda ko'nikma va malakalar hosil qilish maqsadida tashkillashtirildi. Tadbir “So’z inson qudratining qomondoni ” shiori ostida o'tkazildi.
Tadbir davomida yig'ilish ishtirokchilariga so'z qudratining naqadar kuchga ega ekanini, inson og'zidan chiqayotgan so'zlarga e'tiborli bo'lishi zarurligi, bitta nojo'ya so'z bilan butun bir inson umrini barbod qilib qo'yish mumkinligi yoki bir shirin so'z bilan vayron bo'lgan ko'ngilni tiklanishiga sabab bo'lish mumkinligi haqida qizg'in suhbat olib borildi.
Tadbirda “Siz qanday suhbatdoshsiz?”, “Men sizga shuni aytishni istardimki ......”, “Maqtanchoqlar”, “Munosabat” kabi so'rovnoma va treninglar o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi va galdagi trening sport mavzusida uyushtirilishi haqida takliflar berishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati