TIQXMMI yangiliklari

img
15.09.2022

Mazmunli sayohat

Kuni kecha "QSXET" fakulteti tyutori Abdullayev Botir boshchiligida birinchi bosqich talabalari bilan ajoyib maskanga sayohat uyushtirildi.

"Adiblar xiyoboni" bo'ylab shoir,  yozuvchilar haqida ma'lumotlar berib borildi. Abdulla Oripov haykali qoshida alohida to'xtalib, ijod namunlaridan tinglandi.

Ulug' mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy poyiga gullar qo'yildi. 102-guruh talabasi Odilxonova Gulyuz shoir g'azalidan ijro etib berdi.

Bir so'z bilan aytganda, "Adiblar xiyoboni"ga qilingan sayohat mazmunga boy va taassurotli bo'ldi.

       "QSXET" fakulteti tyutori Abdullayev Botir axboroti

                  Universitet matbuot xizmati