TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2022

Rektorning 1-bosqich talabalari bilan muloqoti

Oliy ta’lim muassasasiga kirgan talabaning tahsil jarayonida amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalar, ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, o‘ziga xos talablari bo‘ladi. Ham bilimi, ham omadi sabab talabalik baxtiga musharraf bo‘lganlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bo‘lishi tabiiy.

Shunday ekan, professor o‘qituvchilar va talabalar orasidagi ta’limiy va tarbiyaviy munosabatlar intellektual salohiyat va bilim darajasi zamiriga quriladi. GM, GIM, GTQ fakultetlarining birinchi bosqich talabalari Milliy tadqiqot universitetimizning muhtasham zaliga jamuljam bo‘lishdi.

 Universitet rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovichning talabalar bilan muloqoti samimiy va jonli tarzda tashkil etildi. Rektor "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida talabalarning ta’lim olishlari va ma’naviy hordiq chiqishlari bilan bog‘liq yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Ayni paytda talabalarning taklif va iltimoslarini, talablarini tingladi.

Talabalar o‘zlarining qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bergan  savollariga to‘la - to‘kis va aniq javoblar olishdi. Maqsad fanlarni to‘la o‘zlashtirish va keng qamrovli tarzda o‘z mutaxassisigi bo‘yicha bilimga ega bo‘lib mamlakatimizning rivojiga munosib hissa qo‘shsh, tajribali va malakali xodim bo‘lib yetishish talabalarning muqaddas burchi ekanligini rektor alohida uqtirdi.

Universitet matbuot xizmati