TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2022

Rektorning talabalarga talabi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovichning navbatdagi muloqoti QXM, QSXET, YRB fakultetlarining 1-bosqich talabalari bilan tashkil etildi.

Rektor dastavval,  Oliy ta'lim muassasimizning tarixi, tashkil etilishi va uning bir necha nom bilan atalgani borasida mufassal ma'lumot berdi. Birinchi kursdan fanlarga jiddiy qaralsa, tinimsiz izlanish va a'lo baholarga o‘qilsa, o‘zlashtiish darajasi  ham natijali  bo‘ladi, muvaffaqiyatli yakunlanadi.

So‘ngra rektor talabalarning taklif, savol va istaklarini qabul qildi. Har birlariga tegishli javob berib ularni ilhomlantirdi. Talabalar orasida qiziquvchan, badiiy ijod bilan shug‘ullanadigan ijodkorlari ham bor ekanki, ularning tillari burro, nutqi aniq, tafakkuri tiniq ekanligi rektorni ham mamnun etdi. Har bir fakultet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la javob olganidan benihoya shod bo‘lishdi.

Talabalarning ushbu ta'lim dargohiga kirganligidan qalblarida iftixor tuyg‘ulari junbush urganini sezmaslik mumkin emas. Demak, pedagog va talabalarnig o‘z faoliyatiga munosabati yuksak mas'uliyat bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi katta yutuq va muvaffaqiyatlarning kafolatidir.

          Universitet matbuot xizmati