Qo'shiq ko'ngil xazinasi
Universitet psixologi va xor guruhi rahbari M.K. Muxamedova boshchiligida YeRB, GTS fakulteti 1-kurs talabalari orasida vokal ijrochiligiga qiziquvchi yoshlar bilan vokal ijrochiligi ko'nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida darslar olib borilyapti. Qo'shiq ijro etish faoliyati — qo'shiqchilik murakkab ruhiy-fiziologik jarayon bo'lib, vokal ijrochilik ko'nikmalarini o'zlashtirish insonning ruhiyatida katta rol o'ynaydi va bilimlarni o'zlashtirishga katta yordam beradi. Eshitish – sezgi turlarining eng muhim jihatlaridan biri bo'lganligi sababli, ishtirokchilarda eng avvalo eshitish qobiliyatlarini o'sishiga xizmat qiluvchi mashqlar o'rgatilyapti. Barcha ishtirokchilar darslarga faol qatnashib, san'atlari orqali oliygohimiz dong'ini yuksalishiga o'z hissalarini qo'shish niyatidalar.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati