Оdob-axloq qoidalarining foydalari
Joriy yilning 21 - sentabr kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5 - talabalar turar joyida “Talaba-yoshlar oʼrtasida odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida” tadbir oʼtkazildi. Ushbu tadbirda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, tarbiyachi pedagog Sh.Islamova, tyutor А.Xayitova va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Fakultet dekani talabalarga qarata odob-axloq, talabalar turar joyidagi tartib - intizomga rioya qilishi toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtdi. Shundan soʼng yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova har bir xonada yaratilgan sharoitlar bilan talabalarni tanishtirdi.
TTJ da tashkil etilgan talabalar kengashi faollari doimiy ravishda talabalar turar joyida tartib - intizomni saqlashda kamarbasta ekanligi, sanitar-gigienik holatini saqlash boʼyicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu talabalar oʼzlariga biriktirilgan xonalarda barcha sharoyitlar qilingan, xonalar gigienik jihatdan toza va saranjom sarishta. Talabalarimiz uchun fakultetga qarashli akademik litsey yotoqxonasida barcha sharoitlar mavjud bo‘lib, shuningdek, maʼnaviyat xonasida dars tayyorlash hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun televizor, kitob va gazeta, jurnallar ham bor. Talaba-yoshlarimizdan faqat tartib-intizom, xona va oshxonalarni ozoda tutishlari talab qilinadi, xolos.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati