TIQXMMI yangiliklari

img
15.09.2022

Odob - axloq kodeksining mazmun mohiyati

Xotin - qizlarning jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jamoat ishlarini olib borish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir. Bugungi o`tkazilgan yig`ilish ham1 kurs talaba-qizlariga aynan talaba - qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, xuquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish bo`yicha o`tkazildi. Unda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o`qituvchisi, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Z.Xafizova, ishtirok etdi. Bugungi kunda  talaba - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash bo`yicha bir qator tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o`tkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbirda talaba-qizlarimizga “Odob-axloq kodeksining mazmun mohiyati” to`g`risida tushuntirishlar olib borildi. Shunindek, ushbu tadbirda iqtidorli qizlar to’garagini yo’lga qo’yish, iqtidorli qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomlar davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish bo`yicha qator taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq boʼlish, talaba - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, talaba- qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish bo`yicha ham tizimli ishlar rejalashtirildi.  

 YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati