Talabalar muzeyda
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari va 1-kurs talabalari Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli “O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Muzeyga tashrif buyurishdan ko`zlangan maqsad, muzeydan o`rin olgan 10 mingdan ziyod ekspozitsiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarogʻlar)ni ko`rib talaba yoshlarimizning harbiy vatanparvarligini ona yurtga muhabbat va sadoqatini yanada oshirishga qaratilgan. Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida oʻziga xos ilmiy markazga aylangan.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova va X.Ro`zmetovlar axboroti
Universitet matbuot xizmati