Odob axloq – inson ziynatidir
Odobli, bilimdon, mehnatsevar va e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Jamiyatda yoshlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.
Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba'zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi. Shu holatlardan uzoq bo‘lishi uchun doimiy tarbiyachi insonlar nazoratda bo‘lishlari zarur.
Joriy yilning 17–yanvar kuni 4- TTJ da yashovchi talaba qizlarning muammolari, ya’ni yashash joyining ichki tartib qoidalari va bu qoidalarga rioya qilmayotgan ayrim talaba qizlar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbatda "Gidromelioratsiya" fakulteti Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini O.Ruziboyev, tyutor D.Axrarova va TTJ rahbarlari ishtirok etishdi.
Universitet tomonidan talabalarimizga juda katta imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsada, o‘zining ayrim harakatlari bilan ichki tartib intizomga rioya qilmayotgan talabalar xam mavjud ekanligi aniqlandi. Bu talabalarga jiddiy ko‘rsatmalar berildi.
Ularga doimiy to'g'ri yo'l ko‘rsatish har bir ustoz vazifasidir.
Universitet matbuot xizmati