TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Muzeylar-moziy koʻzgusi

11-noyabr yomgʻir yogʻib turgan boʻlishiga qaramasdan QXM fakulteti talabalari bilan "Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari" muzeyiga yoʻl oldik. Bekatga tushib yayov ketar ekanmiz, talabalarim bilan suhbatimiz har qanday ob-havo sharoitida ham vatanimiz sarhadlarida yigitlik burchini oʻtayotgan askarlarimiz haqida boʻldi.Ularga tasannolar, rahmatlar aytdik.Muzeyga kirib eksponatlarni tomosha qilarkanmiz u yerdagi juda koʻp eksponatlar orasida "Xizmat vazifasini oʻtash vaqtida halok boʻlgan .............ga tegishli buyumlar" degan yozuv va u yerdagi suratlar,kiyimlar eʼtiborimizni tortdi. Eng avval xayolimizga kelgan va tilimizga chiqqani: -"Bu yigit ham kimningdir farzandi,akasi ukasi edi. Vatan uchun, xalqining osoyishta kunlari uchun jonini berdi.

Biz bular oldida qarzdormiz"- degan gap boʻldi.Suhbatimiz xulosasi shu boʻldiki; bu tinch xotirjam kunlarga osonlik bilan erishilmagan. Bu kunlarning qadriga yetishimiz kerak, buni saqlash uchun oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerak.Shu oʻrinda prezidentimizning "O‘zbekistonning davlat suvereniteti, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashimiz,saqlashimiz shart. Bu – bizning tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir”, – degan gaplari nechogʻlik haqiqat ekanligiga guvoh boʻldik. Oʻylaymanki, bu sayohatimiz talabalarimiz uchun juda tarbiyaviy ahamiyatga ega tarbiyaviy maktab va qolaversa kirib kelayotgan "14-yanvar vatan himoyachilari kuni" uchun munosib tuhfa boʻldi.

QXM fakulteti tyutori O Abdullayeva axboroti

Universitet axborot xizmati