Talabalar holidan xabar olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti joriy yilning 11-yanvar kuni fakultetga qarashli 3-Talabalar turar joyida, dekan o‘rinbosari I.Buxorov va tyutor B.Abdullayev bilan birgalikda talabalarning yashash sharoitlaridan xabar olishdi.
Barcha qavatdagi xonalar ko‘zdan kechirildi, oshxona, yotoq joylari va yuvinish xonalari toza ozoda tutish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birgalikda Yotoqxona tartib qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda talaba yoshlarga berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi to‘g‘risida tavsiyalar berildi. Barcha talabalarni Yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” bilan tabriklab, kelgusi ish va o‘qishlariga ulkan safarlar tilab qolindi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati