Tozalik – sog‘lom hayot garovi
Joriy yilning 10 yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutorlari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida faol talaba qizlar va yigitlar ishtirokida universitetning ichki tartib-qoidalari, yotoqxonada yaratilgan sharoitlar, tozalik-ozodalik va tartib-intizomga amal qilish to'g'risida gapirib o'tdi. Fakultet tyutorlari shaxsiy gigiyena to'g'risida alohida to'xtalib, jumladan:
badan gigiyenasi, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, tishlar gigiyenasi, qo'llar gigiyenasi, qo'l yuvish qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi. O'tkazilgan tadbirdan barcha yig'ilish ishtirokchilari o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib olishdi.
“GTQ” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati