TIQXMMI yangiliklari

img
31.12.2023

Targ’ibot ta’sirchan, tashviqot samarali bo’lmasa

Prezident raisligida o‘tkazilgan Ma'naviyt va ma'rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqi yuzasidan bildirgan mulohazalarimizni chop etganlari uchun nufuzli JAMIYAT gazetasi tahririyatiga minnatdorchilik bildiraman. "Jamiyat" gazetasi YILNING ENG YAXSHI GAZETASI deb tan olingani uchun Bosh muharrirni yana bir bor tabriklab yutuqlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!

Har qanday mafkuraning mohiyati, g‘oyaning kuchi targ‘ibot va tashviqotning samarali va ta’sirchan bo‘lishiga bog‘liq. Davlatimiz rahbari qayerda, qaysi soha vakillari bilan uchrashmasin, uchta tushunchaga alohida e’tibor qilib, shuni talab etadilar. Bu – sifat, samara va natijadorlikdir.

Xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida ana shu uchta tushuncha bo‘lmasa, harakatlar behuda, taraqqiyot haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Prezidentimiz ko‘p yillar mobaynida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi sifatida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish borasida ko‘pgina topshiriq va ko‘rsatmalar berib kelishlari hammamizga ma’lum. Buni ma’naviyatga bergan ta’riflarida ham bilishimiz mumkin.

Ilk ta’riflari shunday: “Ma’naviyat eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz.” Darhaqiqat, g‘oyaviy mafkura omma ongiga tez, sodda, aniq, ravon va ta’sirchan singdirilmasa uning mohiyati bo‘lmaydi, qudratli qurol bo‘lishi ham amri mahol. Targ‘ibotchi notiq ana shu tomonlarni e’tiborga olgan holda ish tutishi maqsadga muvofiq. Hazrat Navoiyning “Odamning ta’bi so‘z bilan, suvning ta’mi muz bilan, taomning ta’mi tuz bilan” deyishlarida jon bor. Demak, targ‘ibotning ta’sirchanligi ko‘p narsaga bog‘liq.

Buning uddasidan chiqa oladigan targ‘ibotchi notiqlarni shakllantirish masalaga yechim bo‘la oladi. Xalqimizning “So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor” degan naqlini bilasiz. Bu faqat so‘zga emas, balki so‘zlovchiga ham taalluqli. Notiqlik san’atining muhim mezoni kimga, nima haqda, qachon, qayerda, qanday qilib va eng muhimi, qancha aytishni bilishdir. Targ‘ibotchi-notiqlarning aksariyati ana shu oddiy qoidaga amal qilavermaydi. Natijada tinglovchilar ommasini zeriktiradi, bezdiradi, oqibatda qo‘yilgan maqsad teskari proporsional reaksiya beradi. Shuning uchun ham strategiya oldinga qo‘yilgan maqsad bo‘lsa, uni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan yo‘l, vosita va turli uslublar taktikadir. Aytish mumkinki, til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan mexanizmidir.

Bu o‘z navbatida psixolingvistik usullarni va neyrolingvistik uslublarni o‘z ichiga oladi. Bular esa o‘z navbatida ma’naviyatning ta’sirchanligi bilan bog‘liq masaladir. Prezidentimizning ikkinchi ta’rifi: “Iqtisodiyot jamiyat hayotining tanasi bo‘lsa, ma’naviyat uning joni va ruhidir”. Tiriklikning belgisi jon, tana va ruh birligidan iboratdir. Demak, ular o‘zaro uyg‘un bo‘lgandagina voqelikni aniq ko‘ramiz, baholaymiz, munosabat bildiramiz. Aks holda, befarq kimsa loqayd, g‘aflat bandasi — el-yurt sharmandasidir. Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bo‘lmagan, fuqarolik burchini anglamagan insonga boshqacha ta’rif berish ortiqcha. Bunday kimsalarda oila qayg‘usi ham, vatan tuyg‘usi ham bo‘lmaydi. Qornimdan boshqa qarindoshim yo‘q deya, o‘z kunini o‘tkazaveradi. Jon va ruhsiz tana – oddiy jasad, boshqacha aytganda, o‘likdir.

Ma’naviyat va moddiyat jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi, odamzodning qo‘sh qanoti bo‘lgani bois Prezident ular orasidagi bog‘liqlikni his etgani holda har yili ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun katta miqdorda pul ajratayotganlari ham bejiz emas.

Uchinchi da’vatkor ta’rif joriy yilning 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qayd etildi. “Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”. Darhaqiqat, Prezident e’tirof etganidek ma’naviyat doim yuqorida turadi. Ma’naviyatning ildamligi, uning bayroq va mayoq ekani va boshqaruvchi kuchini his etmaslik mumkin emas.

Shuning uchun ham, men “So‘zlash ma’rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash esa ma’naviyatdandir, – degan iboramni bot-bot takrorlashdan zerikmayman. Bu sezgir va ogoh odamda ko‘z, quloq va miyaning

doim ishlab turishi, sergak yurakning urib turishiga ishora. Xalq va vatanning obodligi – inson va makonning ozodligidan.

Prezident raisligida ma’naviyat va madaniyat faollari, adabiyot va san’at namoyandalari, shuningdek, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi vakillari, vazir va hokimlar ishtirokida o‘tgan Kengash ham ma’naviyat, madaniyat va san’at masalalariga oid ko‘plab muammolarni hal etishda motivatsion ruh o‘ynadi desak, aslo xato bo‘lmaydi.

Ayniqsa, ushbu harakatlarning iqtisodiy asosi o‘rnida bu yil ijtimoiy sohaga eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani, 2016 yilga qaraganda 5,6 barobar ziyod ekani ta’kidlandi.

Har bir zamon va makonning o‘ziga yarasha muammolari bo‘lgani kabi o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri mamlakatimizda ham sezilayotgani e’tirof etildi. Davlatimiz rahbari 9 ta yo‘nalishda o‘z fikrlarini bildirib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Faoliyatimizga bevosita daxldor bo‘lgan Prezident e’tiborini qaratgan ba’zi masalalar haqida mulohazalar bildirmoqchimiz.

Bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olmoqda. Ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda.

Prezident bu borada ogohlikka chorlab shunday dedi: “Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvohmiz. Afsuski, bunday keng ko‘lamli va o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti. Ana shunday g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda O’zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish albatta oson bo‘lmayapti”.

Demak, davrga aql ko‘zi bilan qarab, har xil ta’sirlarga berilmasdan oqilona yondashib to‘g‘ri xulosa chiqarish bu mamlakatimiz osoyishtaligiga daxldor masala ekani uqtirilyapti.

Tarix saboq, ibratdir. Undan to‘g‘ri xulosa chiqazish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik kerak. Prezident o‘z nutqida bugungi kunlarni orzu qilgan millat dardi, xalq ozodligi, uning ma’rifatli bo‘lishi uchun jiddu jahd etgan, hatto jonini qurbon qilgan jadid bobolarimiz haqida katta ehtirom va mehr bilan so‘z ochdi. Ular merosini chuqur o‘rganish bugungi kundagi ayrim global muammolarning yechimiga kalit bo‘lishini e’tirof etdi. Ularning qarashlarini bilgan, bugungi dunyo yutuqlarini o‘rgangan, idrok etgan yoshlarni chinakam bunyodkor avlod deyishga haqlimiz.

«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur», – deydi Prezident.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiya ham xuddi shu ma’noda katta ahamiyat kasb etgani rost. Bu borada davlatimiz rahbarining ma’rifatparvar ajdodlar merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi haqidagi mulohazalari muhimdir.

«Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi O’zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir», – dedi qat’iy tarzda Prezident.

Bu haq gap. Shuning uchun ham Buxorodagi tarixiy maskanda Jadidlar merosi davlat muzeyi ochilishi va «Jadid» nomli yangi gazeta tashkil etilishi haqidagixushxabarni hamma olqishladi.

Eng muhimi, jadid ma’rifatparvarlarining qarashlarida bugungi kunga daxldor bo‘lgan dolzarb mavzularni ko‘rish mumkin. Kengashda Prezident tomonidan diqqat qaratilgan rahbar yetakchilar ijtimoiy dunyoqarashi, madaniy saviyasi, teatr, kino va maqom san’atini rivojlantirish, baxshilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, atlas-adras, kulolchilik va zargarlik maktablarini yaratish, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, muzeylar faoliyatini takomillashtirish, milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasi, tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kutubxonalar, nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi kabi bir qatormasalalarni bog‘lab turadigan,ularning targ‘iboti va tashviqotiga mezon bo‘ladigani bu shubhasizki, til masalasidir. Shuninguchun ham, jadid ma’rifatparvarlarini jiddiy o‘ylantiradigan eng muhim muammo bu, avvalo,milliy tilning ravnaqi masalasibo‘lgan. Chunki til masalasi birqancha siyosiy jarayonlar bilan hambog‘liqdir. Mahmudxo‘ja Behbudiybunga o‘sha paytdayoq e’tibor qilib shunday yozgandi: «...til birligining foydalari juda yaxshi ma’lum. Zero, til birligi do‘stlik,muhabbat, bir-biriga yordam va jipslashuvning asosi».

Bu fikr nafaqat o‘zligini vaso‘zligini ifoda etuvchi xalqimizga, balki turkiy tilli tashkilotlarning sammiti va hamkorligiga ham daxldordir.

Shuning uchun ham, davlatimizrahbari Kengashda o‘zbek tili ning nufuzi va mavqeini tubdan oshirish hamda til siyosatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorlarining davomi sifatida O’zbek tili masalasiga alohida e’tiborni qaratdi. BMTning oliy minbaridan turib va bir necha yuksak darajadagi xalqaro anjumanlarda o‘zbek tilida nutq irod etishlari xalqimizning shonu shuhratini, qat’iy siyosiy pozitsiyasini namoyon etish istagi bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, Prezidentning “O’zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi, milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O’zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanishi, o‘zbek tilidan boshqa tillarda ta’lim olgan hamyurtlarimizni davlat tilini o‘rganishga rag‘batlantirish bo‘yicha alohida mexanizm joriy etilishi, o‘zbek tilidan boshqa tillarga ixtisoslashgan maktablarda davlat tilini o‘qitish soatlari 2-3 karra ko‘paytirilishi,

o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fanolimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olibva sovrindorlari pul mukofotibilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasiyo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiasosida o‘qishga qabul qilinishimasalasining Kengashda alohidaurg‘ulanishi tilparvar va elparvarrahbarning kuchli irodasi, millatetakchisining o‘z xalqini baxtli varozi qilish borasidagi qutlug‘ qadamlaridandir.

Biz ona tilimizning imkoni yatlaridan, ifoda vositalaridanunumli va o‘rinli foydalana olsak, targ‘ibotning ta’sirchan ku

chidan foydalana olamiz. Buning uchun, tilni shunchalik o‘rganishemas, balki unda yashash, nafas olishkerak. Aks holda, tilimizdan, ta’sirchan nutqdan foydalanish asnosida uni o‘zimizga qarshi qurol sifatida istifoda etadigan yotg‘oya-yov g‘oya tarafdorlari ham borligini unutmaslik kerak. Shuning uchun ham, ta’lim-tarbiyaning, muloqot va muomalaning, targ‘ibot va tashviqotning ta’sirchan mexanizmi bo‘lgan til masalasi, notiqlik mahoratini egallash muhim vazifadir. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, albatta, bilim va notiqlikni talab etadi.

Xuddi shu ma’noda Prezidentimiz “Biz bugungi keskin sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob berayaptimi?” kabi keskin savollarni o‘rtaga tashladi.

O’z nutqida davom etib, «Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan savollar. Agar biz bu yorug‘ dunyoda «o‘zbek», «o‘zbekistonlik», «O’zbekiston» degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Ertaga kech bo‘ladi» – degan fikrlari hammamizga mas’uliyat hissini va majburiyat burchini yuklabgina qolmay, balki ogohlikka da’vat hamdir.

Shu o‘rinda, buyuk mutafakkirAlisher Navoiyning bir hikmati yodga keladi. Uning «Dushmanmaqoloti – bang xayoloti» deganhikmatida chuqur ma’no bor. Dushmanning aytadigan ta’sirli so‘zixuddi aql-hushdan ayiruvchi bangchekkan kimsaning holatiga o‘xshaydi demoqchi. Sarxush banggini

qayoqqa yetaklasangiz ketaveradi demoqchi hazrat Navoiy.

Tan olish kerakki, qabih niyatliekstremistik kayfiyatda bo‘lgan yotg‘oya tarafdorlarining «yoqimli»va «yuqumli» so‘zlari ta’sirigatushib adashgan yoshlarimizningfojiasida bizning– targ‘ibotningta’sirchan mexanizmi bo‘lgan kommunikativ kompetentlikni, nutqmahoratini, notiqlik san’atinichuqur egallamaganimizning ta’siri bor. Bu achchiq haqiqat, albatta. Matbuot nashrlari, televideniye, radio qo‘limizda bo‘la turibbiz ta’limiy-tarbiyaviy targ‘ibot jarayonini eplay olmayotganimiz afsuslanarli holdir. Turli seriallar bilan, oldi-qochdi ko‘rsatuvlar bilan ularning vaqtini, aqlini band qilishdan voz kechish fursati yetdi, nazarimda. Ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil noxush, salbiy hodisalargaga o‘z vaqtida javob bera oladigan, saragini sarakka, puchakini puchakka ajrata oladigan bilim, idrok va nutq sohiblari suv va havodek zarur.

Prezidentimizning bu borada kuyunib gapirayotgan ushbu mulohazalari bejiz emas. Bugungi

kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan chetdan, ba’zan, hatto,mamlakatimizning o‘zida hamKonstitutsiya va qonunlarimizgazid pozitsiyalar ilgari surilayotgani, jumladan, diniy e’tiqodniqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas, jaholatga undash holatlari paydo bo‘layotgani ta’kidlandi.

Bunday vaziyatda jamiyatimizda jaholatga qarshi ma’rifat bilan

kurashishni kuchaytirish, ehtiyotkorlik va ogohlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi. Bu noxushholat mening ko‘chamda emas, bizningmahallada emas deyish befarqlikdir. Loqaydlik esa barcha illatlarning doyasi. Mashhur faylasuflardan birining ushbu mulohazasibejiz aytilmagan: «Dushmanlardanqo‘rqma – nari borsa ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma – nari borsa ular senga xiyonatqilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq – ular seni o‘ldirmaydi

ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim turishlari tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi».

Prezident tashabbuslari orasida ma’naviyat va madaniyat sohasi uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladigan milliy g‘oyamizni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi. Chunki, milliy g‘oyamiz – himoyamiz, himoyamiz esa g‘oyamizdir. G’oya – chiroq, mafkura – mayoq. Ularsiz harakat ko‘zi bog‘langan holda yo‘l topolmayotgan kimsaning tentirashiga o‘xshaydi. Ba’zi guruhlar orasida diniy qarashlarni Konstitutsiya va qonunlarimizga qarshi qo‘yish, dunyoviy qadriyatlarni harom deb bilish holatlari afsus bilan qayd etildi. Prezident bu o‘rinda Ibrat domlaning “Ulamo g‘ayrat etkanda millat, albatta, isloh topur”, degan hikmatli so‘zlarini yodga oldi. Ziyolilar, nuroniylar, haj va umraga borib kelgan yurtdoshlarimiz ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lishi, odamlarni yaxshilikka boshlashi kerakligi aytildi. Bu vazifalarning ijobiy tarzda amalga oshirilishi ham yuqorida ta’kidlaganimizdek o‘z-o‘zidan targ‘ibotning ta’sirchan mexanizmi – til taktikasiga, notiqlik mahoratiga bog‘liq.

Prezidentimiz madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarda hokimlarning mas’uliyati yanada oshirilishi, tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ishga tushirilishini ta’kidlay turib, “Bugun ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak, – deya uqtirdi Prezident.

Boshqa sohalarga nisbatan oldinda yurish kengqamrovli bilimga, yetuk dunyoqarashga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan targ‘ibotchi - notiqlar jamoasini shakllantirishni taqozo etadi. Ijtimoiy-siyosiy notiqlar, akademik notiqlar, diniy-ma’rifiy yo‘sindagi voizlar, ijtimoiy-maishiy hamda harbiy notiqlar galereyasining faoliyat olib borishi bu sohadagi sifat, samara va natijaning kafolatidir.

Rahimboy JUMANIYOZOV, Professor, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati rahbari, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi