TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2021

Soha mutaxassislari bilan uchrashuv

2021 - yil 26 - noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasi dotsentlari X.Nazarov va M.Abduqodirovalar tomonidan 5450700- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 406-guruh talabalari mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar bilan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda "O‘zsuvta’minot" AJ ichimlik suvi va oqava suvlarni sifatini nazorat qilish boshqarmasining oqava suvlarni tozalash va qayta ishlash bo‘limining bosh mutaxassisi Mutalov Azamat To‘lqinovich ishtirok etdi.

Uchrashuvda oqava suvlarni tozalash va qayta ishlash borasida respublikamiz hududida qilinayotgan ishlar, yangiliklar, sohadagi muammolar, oqava suvlarni tozalashdagi zamonaviy usullar, kadrlarga ehtiyoj va talabalar xususida batafsil so‘zlab  berdi. Bitiruvchilar bergan savollariga asosli javob oldilar.

TIQXMMI  matbuot xizmati