TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2021

Ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o’rganildi

“Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev hamda fakultetni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova boshchiligida fakultetetga biriktirilgan tьyutorlari, guruh murabbiylari ijarada yashovchi barcha talabalar xolidan habar olishdi. Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo’yicha o’rganish tizimi joriy qilinib, barcha ma’sullar o’zlariga biriktirilgan xudud, qizil xududni o’rganishdan boshlashdi.

Dekan, shuningdek, yoshlar bo’yicha yetakchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilinib, ularni o’z holiga tashlab qo’ymaslik, ular doimo nazoratdaligi ta’kidlandi. Xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimning xonadonida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg’ul bo’ladi, bo’sh vaqtini qanday o’tkazadi, bu talabalarning o’qish jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatmoqda kabi jiddiy masalalar bo’yicha ham ma’lumotlar berildi. Аyniqsa, mas’ullar tomonidan talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari ham o’rganildi. Shuningdek, talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong’in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob berish, talabalarda birlamchi yong’in va boshqa texnik xavfsizlik bo’yicha bilimlarini berishga bizni ma’sullarimiz batafsil ma’lumotlar berib kelishdi. Ushbu profilaktik tadbirlar ijarada turadigan talabalar bilan qamrovi va sifati oshiriladi degan umiddamiz.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati