TIQXMMI yangiliklari

img
27.11.2021

Soliq - jamiyat ma’naviyati o‘lchovidir

             2021 yilning 27 noyabrida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetida tashkil etilgan ATB “Turonbank”ning “Innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markizi” xonasida yurtimiz bank moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ATB “Turonbank”ning Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot departamenti Boshqarma boshlig‘i Kirgizbaev Salimjon Saloxiddinovich  “O‘zbekiston Respublikasining 30.12.2019 yilda O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan Soliq Kodeksiga asosan tijorat banklarida to‘lanadigan soliqlar to‘g‘risida”gi mavzuda ma’ruza qildi.

Seminarda fakultet professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari, talabalari hamda GIQ fakulteti qaziquvchi talabalari ham ishtirok etishdi.

 

Ma’lumki soliq barcha rivojlangan davlatlarda insonlarning haloligini, davlatning, yetim yesirlarning, bolalarning, bemorlarning haqqiga hiyonat qilmaslikni belgilovchi bosh mezon hisoblanadi. Soliqdan qochish eng nomunosib ish sifatida qaraladi.

Ma’lumki soliq iqtisodiyotni tartibga soluvchi, rag‘batlantiruvchi eng qudratli iqtisodiy dastag hisoblanadi. Soliq jamiyat, davlat, korxona va tashkilotlar hamda har bir insonning manfaatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli seminar juda qiziqarli bo‘lib, savollarga boy bo‘ldi.

Seminar davomida ma’ruzachi tomonidan barcha savollarga javoblar berildi. Professor-o‘qituvchilar hamda ayrim talabalar seminarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrlari bilan ham o‘rtoqlashishdi. Seminar fakultetimiz professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari va talabalarining soliq masalalari bo‘yicha bilimlarini yanada chuqurlashishiga xizmat qildi desak hato bo‘lmaydi. 

 

TIQXMMI matbuot xizmati