TIQXMMI yangiliklari

img
27.11.2021

“El netib topgay menikim, men o'zimni topmasam”

Joriy yilning 26 - noyabr kuni YERB fakulteti 4-kurs 2-guruh talaba yoshlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova va Toshkent viloyati hokimyati psixologi L. Yusupovalar “Siz kimsiz?”mavzuida seminar trening o'tkazishdi. Trening talabalarning o'z ichki olamlariga nazar tashlash, qalblariga quloq solish  va o'zliklarini anglash malakalarini shakllantirish va oshirish maqsadida o'tkazildi. Trening YERB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini, 4-kurs 2-guruh kuratori H.Eshovaning tashabbusiga binoan tashkil etildi.

Tadbirda  “Siz kimsiz?”, “Sahro” kabi testlar, talabalarning o'z “Men”larini yanada chuqurroq anglashlariga qaratilgan “Men va mening xarakterimdagi hayvon”, “Gulchambar” kabi trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbir davomida barcha talabalar faol va samimiy ishtirok etishdi.  Ayniqsa: Jo'raqulov Azimjon, Ergashev Abdulloh, Egamberdiyev Husniddin, Asilov Aqjollar o'ta faollik namunalarini ko‘rsatishdi. Tadbir so'ngida talabalarning kayfiyatlarini cho'qqiga chiqarish maqsadida “Sehrli quticha” mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulot barcha talaba yoshlarga ma'qul keldi va o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarni olishdi.  Barcha talabalar ko'proq shu kabi tadbirlar tashkil etilishini maqsadga muvofiq bilishdi. Ular o‘z istaklarini bildirishlari bilan  tadbir yakunlandi.

                  TIQXMMI matbuot xizmati