Sarhisob
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashining 2023-2024 o‘quv yili rejasida har bir fakultet dekan maslahatchilari tomonidan fakultet ayol professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlar bilan birgalikda olib borgan faoliyati yuzasidan hisobot berish rejalashtirgan. Shu nuqtai nazardan har bir fakultet kesimida hisobotlarni tinglash rejasi mavjud bo‘lib, 11 dekabr kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova hisoboti tinglandi.
Hisobotda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Ismoilova, fakultet dekani X.Pirmatov shuningdek, fakultet ayollar jamoasi ishtirok etdi. U o‘z hisobotida fakultetda olib borilgan ishlar to‘g‘risida gapirib quyidagi bir qator ma’lumotlarni ishtirokchilarga taqdim etdi. Fakultetda ayol professor o‘qituvchilar tomonidan ilmiy salohiyatni oshirish masalasida erishilgan yutuqlar, iqtidorli talaba qizlarni o‘quv tarbiya va darsdan tashqari erishgan yutuqlari va shu bilan birga talaba-qizlarning erishgan yutuqlari to‘g‘risida ham to‘xtaldi. Shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, talaba qizlarga universitet tomonidan berilayotgan moddiy - ma’naviy yordamlar haqida ham aytib o‘tdi. Shundan so‘ng kelgusidagi rejalar ham belgilab olindi.
Universitet matbuot xizmati