TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2023

Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumida “Master Class”

Universitet huzuridagi Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi pedagog kadrlari uchun sohalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari hamda texnikum o‘quvchilari uchun sohadagi yangiliklar bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etish maqsadida TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori prof. B.S. Mirzayevning 05.12.2023 dagi № 235 x/s- sonli buyrug‘iga asosan universitet dotsentlari Inamov Aziz Nizamovich va Voxidov Akmal Ulashevichlarni Beshkent texnikumiga (Qashqadaryo viloyati) uch kunlik (11-dekabrdan 13-dekabrgacha) xizmat safariga  yuborildi.

Dars o‘tilgan guruh: Geodeziya va kartografiya yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchilari

Dars mavzusi: Zamonaviy geodezik asboblardan foydalanish va yer hisoboni yuqori aniqlikda yuritish

Foydalanilgan pedagogik texnologiyalar: AKT, baliq skeleti, aqliy hujum, muammoli o‘qitish texnologiyasi, modulli o‘qitish texnologoyasi.

Dars o‘tilgan guruh: Elektr energetikasi va elektr stansiyalar yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchilari

Dars mavzusi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanish istiqbollari

Foydalanilgan pedagogik texnologiyalar: AKT, baliq skeleti, aqliy hujum, muammoli o‘qitish texnologiyasi, modulli o‘qitish texnologoyasi.

Olib borilgan ma’ruza darslarida sohadagi yangiliklar va hukumat tomonida sohani rivojlantirish uchun tuzilayotgan istiqbolli rejalar yuzasidan ma’ruzalar tashkil qilinib, sohani rivojlantirish uchun zamonavi texnika va texnologiyalarni qo‘llash borasidagi Master Klasslar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari xizmat safari davomida Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrif davomida, o‘qituvchi va talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Suhbat davomida sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchi bosqich talabalariga ham zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida dala tadqiqot ishlarini olib borish va ishlab chiqarish tashkilotlarida ishga moslashuvchanligini ta’minlash borasida mativatsion davra suhbatlari tashkil etildi.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti, PhD  A.N.Inamov

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD A.U.Voxidov

Universitet matbuot xizmati