Sog'lom fikrlash tarzini shakllantiramiz!
Joriy yilning 12 dekabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova 3-Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan, “Iqtisod ” fakulteti 2-kurs, 207-guruh talabasi G.Saidova bilan uchrashib, yakka tartibda talabaning o'z kasbiga motivatsiyasini oshirish, shaxs xislatlari, his-tuyg'ulari, o'z-o'zini boshqarish va intellektual darajasini oshirish maqsadida psixologik konsultatsiya olib bordi. Konsultatsiya davomida talabadagi she'r yozishga bo'lgan mehrini yanada kuchaytirish maqsadida, kerakli maslahatlar, o'z “men”ini oshirishga motivatsiyalar berildi va mashg'ulotlar o'tkazildi. Gulnoza bilan ijodiy hamkorlik qilish va shu kabi uchrashuvlar jamoaviy tarzda o'tkazish to'g'risida ham kelishib olingan holda suhbat nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati