Ustoz o'gitlari oltindan qimmat
Ustoz! Muallim! Mudarris! Murabbiy! Bu so'zlar naqadar purma'no va sermazmundir. Bu so'zlarni eshitganda qalblar junbushga kelib, ko'ngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab aynan ana shunday zotlar bizning qo'limizdan tutib kelmoqda. Hech birimiz birinchi bo'lib o'qish-yozishni o'rgatgan ustozimizni yodimizdan chiqarmaganmiz, desam, mubolag'a bo'lmaydi.
Bu tushunchalar insoniyat yaratilishidan hozirgi kunimizga qadar o'z ahamiyatini yo'qotmagan, balki qiyomatgacha ham yo'qotmaydi. Birinchi ustoz – bu Boriy taolodir. U Odam alayhissalomni yaratdi va O'z fazli karami ila unga barcha narsalarning ismlarini ta'limini berdi. Zamonlar o'tishi davomida turli ko'rinishlarda O'z ilm xazinasidan insonlarni nasibador qildi, payg'ambarlar yuborib, ular orqali O'zining haq yo'liga chorladi. Olimlar esa ana shu payg'ambarlarning merosxo'rlaridir.
Jahonda bo'lmasa muallim agar,
Hayot ham bo'lmasdi go'zal bu qadar.
Ustoz – sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, axloqan pok insondir. Ustozlar – bor kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo'ri-yu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Ana o'shanday zahmatkash insonlardan biri "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati rahbari, professor, Xalqaro “Antik dunyo” va “Turon” akademiyalarining akademigi Ustoz R.Jumaniyozovdir. Ustoz bir daqiqa vaqtlarini ham zoye qilmay, har bir daqiqalaridan unumli foydalangan holda o'z shogirdlariga ilm ulashishga intilgan olimlardan biridir. Ustozni barcha universitet talabalari juda qattiq hurmat qilishgani va qadrlashgani bois, ko‘chada ko‘rib qolishsa ham, qimmatli maslahatlarini olib qolishga harakat qilishadi. Bugungi uchrashuv ham to‘satdan ro‘y berdi. Uchrashuvda ustoz o'z hayotiy saboqlaridan shogirdlarni bahramand qilib, talabalar uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladigan ilm olish sirlari, odob-axloq, nutq madaniyati to'g'risida to'lib-toshib qimmatli maslahatlarini berib o'tdilar. Ushbu uchrashuvda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, O'zbekiston Qurolli kuchlari ansambli xonandasi D.K.Muhammedova va Xor jamoasi a'zolari qatnashishib, shijoat bilan ishlashga va o'qishga, hayotda olg'a intilishga motivatsiya beradigan bir dunyo maslahatlarga ega bo'lishdi. Bu uchun Ustozga barcha shogirdlari nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildirib, ularning ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati