TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2023

Yangi yil shukuhi bilan

Eski yilimiz ham o'z poyoniga yetishiga va yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Yangi yil ko'pchilik kattalar va bolalarning eng sevimli bayramlaridan biridir. Bayramga tayyorgarlik oldindan boshlanadi va dekabr oyining oxiriga kelib, shaharlar ko'chalari chiroqlar bilan porlaydi. Hamma joyda bayramona muhit hukm suradi: uylarda, do'konlarda, restoranlarda, shu jumladan, oliygohimizda ham... Yoqimli Yangi yil “shovqini” barchani istisnosiz qamrab olayotgan bir pallada “Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari institut” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari va iqtidorli talaba yoshlar tomonidan  B binaning kirish eshik oynalariga. Yangi yil shukuhini aks ettiruvchi rasmlar chizilmoqda. Oynalarga rasm solish rassomlik qobiliyati bor insonlar uchun ayni muddaodir.

Psixologlarning aytishicha rasm chizish insonni stresslardan xalos etib, diqqatni oshirar ekan. Inson organizmi rasm chizish jarayonida kayfiyatni ko'taruvchi, hayotdan qoniqish hissini paydo qiluvchi serotonin, endorfin, dofamin va norepinefrin gormonlarini ishlab chiqar ekan, bugungi tadbirimizda bir o'q bilan ikki quyonni urishga harakat qildik desak mubolag'a bo'lmaydi. Birinchidan, oynaga rasm solib ko'zlarni quvnatish bo'lsa, ikkinchida rasm chizgan talabalarimizni stresslardan xalos bo'lishlariga zamin yaratdik.   Binoga kiraverishda yangiyilning ziynati bo’lgan Yangi yil “ARCHASI” bezatildi.

 

“GTQ” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti  

Universitet matbuot xizmati