Bosh qomusimizni o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo'lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi. Bosh qomusimizni o‘rganish va bilish har birimizning muhim vazifalarimidan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son farmoyishi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 24-noyabrdagi 508-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash va universitet talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining.
31 yilligi munosabati bilan “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi. Ushbu olimpiadada 30 ga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Olimpiada yozma test shakldida tashkil etildi. Talabalar ushbu olimpiadada o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini nechog‘lik bilishlari borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar hamda o‘zlariga zarur tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra talabalar quyidagi natijalarni qayd etishdi.
Ushbu olipiadada ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni samimiy tabriklab kelgusi faoliyatlariga muvoffaqiyatlar tilab qolamiz!
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti