Urganch Davlat universitetiga tashrif
Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv isrofini kamaytirish” bo’yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich boshchiligidagi delegatsiya 7-dekabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mintaqada suv xo’jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha Urganch davlat universitetida bo’ldilar. Tashrif mobaynida universitetning o’quv-jarayoni, o’quv-laboratoriya bazasi, yaratilgan qulayliklari o’rganildi. Shuningdek, universitet rahbariyati va professor-o’qituvchilariga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor B.Mirzayevning universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, Ariq va kanallarni betonlashda yosh olimlarni jalb etish, universiteni milliy va xalqaro miqyosda tanilishi bo’yicha taqdimoti tinglandi.
Qishloq va suv xo’jaligi tarmog’i uchun kadrlar tayyorlash, soha bo’yicha ilm-fanni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish istagini bildirgan holda, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish maqsadida Urganch davlat universitetida rektori Baxrom Abdullayev va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Mirzayev Baxodir Suyunovich o’rtasida memorandum imzolandi. Unga ko’ra:
- Suv xo’jaligi va melioratsiya, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Suv ta’minoti va muxandislik tizimlari ta’lim yunalishlari bakalavriat, magistratura va doktorantura darajalarida xamkorlik va maksadli tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish. Yangi dasturlarga talabalarning moslashuvini ta’minlash;
- Mobillik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida malaka oshirish va tajriba almashish. Potensial kadrlarni tayyorlash;
- Hamkorlikda o’quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish, o’quv materiallari va yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, yangi laboratoriya tashkil etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
- Talabalar uchun yozgi ta’lim dasturlarini joriy etish hamda talabalar faoligi va bilimlarini oshirish;
- Soha yo’nalishi bo’yicha ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarini ilmiy hamkorlik maqsadida birlashtirish orqali mahalliy kolobrasiyani rivojlantirish.
- Kelishuv asosida yosh professor-o’qituvchlar va tadqiqotchilarning soha bo’yicha “TIQXMMI” MTUda qisqa muddatli stajirovkasini tashkil etish;
- Ikki universitetni rivojlantirish strategiyasining o‘quv va ilmiy dasturlari bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
- Suv xo‘jaligiga oid yo‘nalishlarni ochish va laboratoriyalarni yaratish bo‘yicha konsepsiyasi hamkorlikda ishlab chiqish kabi takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alari ulashdilar.