Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F-72-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib nishonlash maqsadida, joriy yilning 6 - dekabr kuni 13-00 da universitetimiz madaniyat saroyida "Gidromelioratsiya" fakulteti jamoasi tomonidan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” deb nomlangan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Choriyev Roʻzimurat Kungratovich Bayramga bag’ishlangan tadbirni ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yangilangan Konstitutsiyasi jarayonida bevosita ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi Katta eksperti Shohrux Majidov, Toshkent shahar mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xadjiaxmadov Elmurod Akmaldinovich va Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Shermatov Xurshidjon Mamatqulovich, Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi Toshkent shahar rayisining birinchi o’rinbosari Alimov Ilhom Ismoilovich va partiya kengashi deputatlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, prorektorlar, dekanlar, professor o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida barcha tadbir ishtirokchilari va 550 dan ziyod tomoshabinlarga yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarqatildi. Tabdirning badiiy qismida harbiy orkestr tomonidan ajoyib kuy, 10 nafar turli millat vakillari bo’lgan talabalar o’z tillarida vatannni madh etuvchi she'rlar, Doirachilar ansambli tomonidan doiralar sadosi, maftunkor raqslar, universitetimiz talabalaridan tashkil topgan xor ansambli tomonidan qo’shiqlar, yurtimiz harbiylari tomonidan harbiy jang sa’nati va xushovoz xonandalar qo’shiqlari bayramning ko’tarinki ko’rkiga ko’rk baxshida etdi.
Universitet ma’tbuot xizmati