TIQXMMI yangiliklari

img
06.12.2023

Jaholatga qarshi ma’rifat ruhidagi tadbir

Xalqimiz ma’naviyatiga qarshi qaratilgan har qanday tahdid va tajovuz bevosita mustaqil yurt xavfsizligiga uning milliy manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Shunday ekan, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g’oyasi har qachongidan ham muhim.

Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”. Dunyo sahnida yuz berayotgan har bir jarayon bevosita barcha davrlar uchun ham daxldorligi bugun hech kimga sir emas. Shu ma’noda ogohlik davr talabi bo‘lishi bilan birga, turli xil yot va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’rifatga har qadamda jaholat to‘siq bo‘lishini hayotiy misollar orqali ham anglamoqdamiz. Demak, birinchi to‘siq – jaholat. Jaholatga qarshi esa faqat ma’rifat bilan kurashish lozim.

Ma’rifatga esa izohli lug‘atimizda “Kishilarning ong-bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya”, deyilgan. Demak, jaholat bilan ma’rifat bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini siqib chiqaradigan tushunchalardir. Ma’rifat insonni doimo to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ma’rifat kimgadir ko‘z-ko‘z qilinadigan, ortida qandaydir ta’ma yashirin bo‘lgan narsa emas. Jaholat kabi kuchlarga doim ma’rifat qarshi chiqa oladi. Chunki, ma’rifat-to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kuch. Ma’rifat – insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Bugun universitetimizning Madaniyat saroyida tashkil etilgan Diniy ishlar boyicha qo’mita raisining maslahatchisi, iqtidorli voiz Ilhomjon Ma’rupov ishtirokidagi ma’naviy tadbir alohida e’tiborga molik bo’ldi. Tadbirni prorekror Ro’zinurod Choriyev kirish so’zi bilan ochib berdi. Barcha fakultetlarning birinchi bosqich talabalari hamda yaqin atrofdagi mahallalarning a’zolari ham ishtirok etishdi. U turli mutaassublar tomonidan internet orqali tarqalayotgan g’oyalarga ergashish nodonlik, jaholat botqog’iga botish ekanini alohida ta’kidladi. Ko’pgina misollar keltirib talabalarga uning zararli oqibatlarini tushuntirib berdi. Ayrimlar internet orqali asossiz ravishda dinni niqob qilib omma fikrini chalg’itayoyganlardan ogoh bo’lishga chaqirdi.

Universitet matbuot xizmati