Fakultet istiqboli yo’lida
Joriy yilning 4-dekabr kuni “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq” fakultetida universitetimiz rektori B.S.Mirzayev, o‘quv ishlari bo’yicha prorektor B.Xudayarovlar ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda universitet rektori B.Mirzayev “Ekologiya va huquq” fakultetining bugungi kungacha erishgan yutuqlari, olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil to’xtalib, fakultet jamoasining kelgusidagi istiqboldagi rejalar va qo’yilgan marralar hamda ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Shuningdek u “Ekologiya va huquq” fakultet dekani lavozimida faoliyat olib borgan B.Norovga fakultet rivojiga qo’shgan hissasi va ushbu davrdagi samarali mehnatlari uchun tashakkur izhor etdi hamda estalik sovg’alarini topshirdi. Shundan so’ng B.Mirzayev “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani lavozimiga yangi tayinlangan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Pirmatov Xabibullo Raxmatullayevichni yig’ilganlarga tanishtirdi. Yig‘ilishda B.Mirzayev fakultetning istiqboldagi rejalarini amalga oshirishda jamoa a’zolarinnig birdam va ahil bo’lib, universitetning rivojiga o’z hissasini qo’sha olishiga ishonch bildirdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti
Universitet matbuot xizmati