TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2023

"TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universitetining Magistr talabalarining "Mock IELTS (paper-based)" imtixonidagi ishtiroki

Joriy yilning  27-noyabr  sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Magistr talabalri uchun “Iqtisodiyot” fakulteti 2-qavat, 226-xonada Mock IELTS (paper-based)" imtixoni tashkil qilindi. Ushbu xalqaro imtixon bepul tashkil qilinib, undan ko’zlangan maqsad imtixon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko’nikmalari bo’yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo’lib, imtixonda 25 nafar nomzodlar qatnashishdi.

    Xalqaro imtixonni ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsent  v.b. Go’zal Eshchanova “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi xamkorligida tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rijojlantirish Markazi’’ning fakultet filiali B-korpusda tashkillashtirdi. Xalqaro imtixonni tashkil qilishda kafedra o’qituvchisi Marg’uba Xudaygergenova yaqindan yordam berdi. Mock IELTda talabalarning to’rtta til ko’nikmlari, Listening, Reading, Writing and Speaking komponentlari baxolandi. Tadbir boshida nomzodlarga xozirgi kundagi xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tildi.

    Tadbir boshida Go’zal Eshchanova universitetning yaqin hamkori bo’lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatura va magistraturaning turli ta’lim yo’nalishlarida grant asosida 1 o’quv yiliga yoki butun kurs davomida taxsil olish imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tdi va tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo’lish talab etilishini tushuntirib ot’di. 

      Mock IELTS imtixonida magist talabalardan Komilov Shamsiddin, To’htasheva Dilnoza, Zokirova Shahnoza,  Mirnigmatov Shukrullo, Botirova Durdugul, Mamatova Gulshoda, Rahmatov Sherzod, Xayrullayev Temur, Abduraimov Abdunabi, Qurbonov Nazar, Abdusalomov Jasurbek, Madrahimova Oygul, Madaminov Sulaymon, Yo’ldoshev Shohobiddin, Jumaboyeva Ra’no, Axmatova Asila, Najimov O’lmas, Umarova Komila, Ubaydullayeva Dilshoda, Tohirova Feruza, Mahmudov Abdulbosid, Dadamirzayev Obidjon, Xoliqova Sabina va  Bahromova Gulnozalar qatnashishdi.

  Tadbirni tashkil qilishdan maqsad yaqin orada universitetda tashkil qilinadigan Xalqaro imtixonga magistr talabalrning qay darajada tayor ekanliklarini aniqlash bo’lib, ularga qay tomonlama yordam va til ko’nikmalarini rivojlantirish materiallarini egallashga ko’mak berish usullari bo’yicha mexanizmlarni ishlab chiqishdir.

     Ma’lumki, bu kabi xalqaro imtixon komponentlari ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi.

'"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti matbuot xizmati