Amaliyot va nazariya integratsiyasi
2023 - yil 2 - dekabr kuni “TIQXMMI” MTU B-bino “Turonbank” ATB o‘quv xonasida navbatdagi, “Iqtisodiyot” fakulteti iqtidorli talabalari va xodimlari uchun “Turonbank” ATB Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti boshqarma boshlig‘i Shavkatjon Ko‘makov tomonidan “Turonbank” ATB tizimida muammoli aktivlarni undirish bosqichlari” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzachi tomonidan Muammoli aktivlar bilan ishlash departamentining tashkiliy tuzilmasi, asosiy tushunchalar, “Turonbank” ATB tizimida muammoli aktivlarni undirish bosqichlari, aktivlarni sog‘lomlashtirish bosqichi, aktivlarni majburiy undirish bosqichi, kreditlarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va fikrlar berildi. Talabalar tomonidan mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan berilgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Universitet matbuot xizmati