Hunar, hunardan kishi unar
Joriy yilning 22 - noyabr kuni “Yoshlar haftaligi” 2021 loyihasi doirasidagi tadbir maxsus rejaga asosan bo`lib o`tdi. Tashkillashtirilgan ushbu tadbir insitut miqyosidagi barcha fakultetlarning talaba qizlar o`rtasida tashkil etildi. Ushbu tadbirda ham GM fakulteti talabalari ham faol qatnashdi. Bu tadbir "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari istiqomat qiladigan 4-son TTJ 3-qavat foyesida bo`lib o`tganligining ijobiy natija berdi. Bu haftalik doirasidagi tadbir “Karvin, salat tayorlash, milliy soch o`rish” yo`nalishlarida faol ishtirok etgan fakultetimiz talaba qizlari munosib o`rinlarni olishdi.
Ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar institut “Yoshlar masalalari va ma`naviy ma`rifiy ishlar bo`yicha” prorektori R.Q.Choriyev, “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani A.Hakimov, barcha fakultetlarga biriktirilgan tyutorlar, jumladan, GM fakulteti tyutorlari D.Egamova va I. Rahimov, fakultet “Yoshlar bilan ishlash bo`yicha” dekan muovini Z.Abdurashidov, fakultet “Yoshlar Ittifoqi” yetakchisi S.Azimov, tarbiyachi pedagog N.Isaqulovalar ishtirokida bo`lib o`tgan ushbu tadbir yuqori saviyada bo`lib o`tganligi bilan ham ajralib turdi. Institut rahbariyati tomonidan tadbir g`oliblari har bir nominatsiyalar bo`yicha tashakkurnomalar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
GM fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati