23.11.2023
Pazanda qiz elga madadkor
Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti talaba qizlari bilan “Pazandalik sirlari” turkumidan SOMSA pishirish sirlari bilan o‘rtoqlashdik. Shirin qovoq va ko‘katlar qo‘shib qilingan somsa juda mazali va vitaminlarga boy, sog‘liq uchun foydali taomlardan biridir.
Har bir viloyatning o‘zining nonlari, taomlari bor va qizlar bir-birlaridan bilmaganlarini o‘rganishlariga shu talabalar turar joyi oshxonasi o‘z hissasin qo‘shib kelmoqda.
"Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari D. Egamova va G.Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati