“Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz”
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish OIV/OITS kasalligining yuqish yo’llari patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasiga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini o’tkazish rejasiga muvofiq, joriy yilning 22-noyabr kuni “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” boshlig’i Z.Haydarov, “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani B.Norov, dekan o’rinbosari O. Ro’zibayev, fakultet tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar hamda fakultetning 1-bosqich talabalari ishtirokida “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani B.Norov so’zga chiqib tadbirni kirish so’zi bilan ochib berdi va yig’ilganlarni tashrif buyurgan mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shundan so’ng mutaxassislar sog’lom turmush tarzi va OIV/OITS ga chalinish sabablari, infeksiyaning yuqish yo’llari va oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ushbu infeksiyani yuqtirib olmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak ekanligi haqida ham fikr va tavsiyalar berib o’tildi. Talabalar mazkur uchrashuvdan o’zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Tadbir so’ngida ayni mavzuga doir mutaxaxssislardan tuzilgan, universitet hududiga tashkil etilgan bepul tibbiy ko’rikdan o’tishlari mumkinligi ham alohida ta’kidlandi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Ro’zibayev axboroti
Universitet matbuot xizmati