TIQXMMI yangiliklari

img
22.11.2023

Keymyung Kollej Universiteti delegatsiyasning universitetimizga tashrifi

Joriy  yilning 21 noyabrida “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetiga Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetidan bir gurux vakillar tashrif buyurishdi. Rasmiy yig‘ilish universitetimizdagi Britaniya Kengashi Markazida  bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvni universitetimiz rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich ochib berdilar va hamkorlarimiz bilan tanishtirib o‘tdilar.

Uchrashuvda Keymyung Kollej Universitetining bir gurux vakillari, jumladan, Professor Yun-Gap Kim  Sanoat-Akademik hamkorlik markazi direktori,   Professor Lee Sang-seog  loyiha direktori, Professor Dongjun Lee Vizual dizayn kafedrasi, Professor Jongwon Park Elektron axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi,  Professor Shin Ki-dong Halqaro Aloqalar bo’yicha menejer va universitetimizdan “O’quv ishlari” bo’yicha prorektor Professor Baxtiyor Xudayarov,  “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Rustam Baratov,  PhD, dotsent Akbar Gapparov, “Ingliz tili” kafedrasi dotsent v.b. Go‘zal Eshchanova, Cluster Ilmiy Innovatsion Markazi rahbari PhD Ozodov E’zoz va Xalqaro bo’lim boshlig’i Dr Sherzod Raxmonovlar qatnashishdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad hamkorlikdagi rejalashtirilgan xalqaro loyihalarni joriy qilish orqali ta’limda samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha  ikki tomonlama munosabatlarni kuchaytirishga qaratildi.

Tadbirda rektorimiz Universitetimizdagi oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar, ta’lim va innovatsiya, olib borilayotgan tadqiqotlar va universitetimizning milliy hamda xalqaro arenada egalllab turgan o‘rni haqida tashrif buyurgan hamkorlarga batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Xususan, universitetimiz va Keymyung Kollej Universiteti tomonidan Koreya Oliy Ta’lim Vazirligiga hamkorlikda topshirilgan “Education competency enhancement project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University xalqaro loyihasining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli baxolanib, ikkinchi bosqichga o‘tganligi tog‘risidagi eng oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha   prof., Ph.D. Sang Seog Leening taqdimoti tinglandi. Asosiy maqsad universitetimiz qoshida yaqin kelajakda  barpo etilishi kutilgan xalqaro “Mexatronika” texnikumini tashkil qilish orqali Keymyung Kollej Universitetining ilg‘or tajribalarini qo‘llash bo’yicha  mamlakatimizda dolzarb xisoblangan  mexatronika va robotexnika yonalishlarida  mutaxasis-kadrlarni yetishtirish, ularga qo‘shma diplom taqdim etish orqali xorijiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir.

Shuningdek,universitetimizda “Digital Educational Innovation Service Centre”  barpo etilishi nazarda tutilgan markazning extiyojlari o‘rganilib, markaz raqamlashtirilgan ta’lim va innovatsiya bo‘yicha turli xizmatlarni yo‘lga qo‘yishi, yani, IT ko‘nikmalarni takomillashtirish, Start up va tadbirkorlik go‘yalarini rivojlantirish, Gender tenglik masalalari,ayyollarni ish bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali ijtimoyi qatlamni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Tadbirda qizg’in muzokaralar, savol va javoblar o’rin olib, har ikkala tomonga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar atroflicha muhokama qilindi.Bu kabi hamkorliklarni yaxshilash orqali universiteimiz nufuzi yanada yuksalishiga ishonch bildiramiz.

         “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Matbuot Xizmati