20.11.2023
Universitetimiz Startap loyihasi "Defuse -IT",investorlarni qiziqtirmoqda!.
Universitetimizning "TJAB" kafedrasi jamoasi tamonidan ishlab chiqilgan "Defuse-IT" avtomatik tizim bilan jihozlangan suvtozalash uskunasiga "Artifex Agrochem" kompaniyasi tomonidan qiziqish bildirildi. Universitetimizning "TJAB" kafedrasi mudiri professor Gaziyeva Rano Teshabayevna hamda loyiha asoschisi PhD Ozodov Ezoz tomonidan "Artifex Agrochem" kompaniyasi ekspertlariga "Defuse-IT" uskunasi imkoniyatlari va texnik xususiyatlari tanishtirildi.
Uchrashuv davomida uskunani tijoratlashtirish hamda ommalashtirish masalalarida o'zaro hamkorlik qilsh masalalari ko'rib chiqildi