TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2023

Samarqandda 21-sessiya bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 13–17-noyabr kunlariSilk Road Samarkandkongress markazida BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini korib chiqish qomitasining 21-sessiyasi bolib otdi. Tadbirda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan 500 ga yaqin delegatlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar vakillari qatorida institutimiz jamoasi ham ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda universitetimizdan “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi mudiri Odil Xakberdiyev, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori Mariya Radkevich, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi t.f.d. Luqmon Samiyev va "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish“ kafedrasi doktoranti Muhiddin Julliyevlar faol ishtirok etdilar.


 

Tadbir qatnashchilari Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo'lidagi taraqqiyot bosqichlarini ko'rib chiqdilar. UNCCD imzolanganidan beri birinchi marta uning eng muhim yig'ilishlaridan biri Markaziy Osiyoda o'tkazildi. CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish boʻyicha global maqsadlarga erishish boʻyicha taraqqiyotni koʻrib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ushbu tadbir doirasida Samarqandda «CRIC-21 yashil bog‘i» barpo qilinib, 1000 tup daraxt ko‘chatlari ham o‘tqazildi.

Universitet matbuot xizmati