TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2023

Huquqbuzarliklarning oldini olish – xalq farovonligi yo'lida muhim qadam

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutorlari G.Ahmedjanova, D.Axrarova, A.Shonazarovlar  “Gidromelioratsiya ” fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan “Biz huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshimiz!!!” shiori ostida seminar trening tashkil etdilar. Seminar trening huquqbuzarlik va jinoyatning oldini olishga doir psixoprofilaktik ishlarni olib borish maqsadida tashkil etildi. Dunyoning barcha davlatlari intilayotgan dolzarb va o'ta muhim muammolardan biri ham – bu jinoyatchilikning oldini olishdir.

Huquqbuzarliklarning oldini olishning samaradorligi va zaruriyati haqida qadim zamonlardan beri ko'p mulohazalar aytilgan va hozirgacha aytilib kelinyapti. Tadbirda yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishlarini shakllantirishga doir suhbat olib borildi. Yig'ilishda “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G.Ahmedjanova, D.Axrarova, A.Shonazarovlar ham mavzuga doir o'z fikr va mulohazalarini bildirishib  o'tishdi. 
Tadbir davomida talabalardan xarakter tipini aniqlashga doir test o'tkazilib, natijalari aniqlanib talabalarga qaysi xarakter tipiga mansub ekanliklari aytib o'tildi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati