Xitoy yuqori lavozimli xamkorlik o’rnatish uchun tashrif buyurdi
Xitoy delegatsiyasi suv sohasida xamkorlik o’rnatish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyani LI GUANG, shahar partiya qo’mitasi kotibining o’rinbosari, shahar hokimi o’rinbosari rahbarli qildi. Bundan tashqari ZHANG JIAN PING, Shahar savdo byurosining partiya yetakchilik guruhi a’zosi, byuro rahbari o’rinbosari, HAO RUI JIE, Shahar savdo byurosi investitsiya rag’batlantirish bo’limi boshlig’I, ZHAI YONG TONG, Shahar qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi masalalari byurosi o’simliklar ekish bo’limi boshlig’I, ZHANG XUE JIN, Shihezi iqtisodiy texnalogiyani rivojlantirish zonasi iqtisodiy rivojlanish markazi mo’lim rahbari, YU YA TAO, Xinjiang Sai De investitsiya rivojlantirish tashkiloti, Partiya a’zosi, bosh direktor o’rinbosari, HAN GEN, Xinjiang Tianye (group) korxonasi qishloq xo’jaligi direktori, Xinjiang Tianye suv tejovchi tomchilab sug’orish aksiadorlik jamiyati partiya qo’mitasi kotibi, CHENG LI XIN, Xinjiang Tianfu xalqaro savdo tashkiloti partiya bo’limi kotibi, maslahat kengashi direktori, WANG LI GANG, Zhejiang Hongxiang xolding boshqaruv o’rinbosari,Zhejiang Hongxiang Jiaxing shahar tashkiloti maslahat kengashi direktori, ZHANG XIN GUI, Xinjiang Tianjia Hongan qishloq xo’jaligi fan va texnika tashkiloti, Li Guo Dong TIANYE PLASTIK MCHJ ta'sischisi, Zhang Jun Xing TIANYE PLASTIK MCHJ direktori, Mahmudov Bekzodbek TIANYE PLASTIK MCHJ menejeri tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Xitoy va O‘zbekiston hamkorlik katta tempda sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tianye Xinjiang kompaniyasi universitetimiz bilan hamkorlikda Suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi texnologiyalar mavzusida ilmiy seminarlar seriyasi tashkil etildi va olimlar o‘rtasida ilmiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgani umumiy bo‘lgan muammoni birgalikda yetish katta ehtiyoj borligini ko‘rishimiz mumkin. Hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib turibmiz.
Jumladan, Shixizi universiteti nafaqat Shinjon provinsiyasidagi balki butun Xitoydagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston va Shinjon provinsiyasi o‘zaro o‘xshaydigan ekologik va mintaqaviy muammolar mavjudligi, olimlarning o‘zaro tushunishida mushtarakligini ko‘rishimiz mumkin. Shixizi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish keng ko‘lamli hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ko‘rib turibmiz. O‘ylaymanki ikkala universitetda bunday hamkorlik o‘rnatish manfaatli bo‘lishini ko‘rib turibmiz.
Xitoy davlatining tashabbusi bilan boshlangan Bir Kamar bir yo‘l dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ushbu hamkorlikni yanada rag‘batlantiradi. SHuningdek, biz SHinjon provinsiyasida olib borayotgan o‘rmonlashtirish (yashillashtirish) tajribamiz bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin. SHuning uchun, Mrs.Li bilan Tianye bilan hamkorlikda yangi ko‘rinishdagi loyihalarni amalga oshirishni ham o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shixizi universitetidan sizga keladigan talabalarni moliyalashtirish manbalarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Sababi Shixizi universitetda Rus tili fakulteti ham borligi ayni muddao. Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston mahsulotlarini Xitoyga eksport masalasini ham ko‘rib chiqishimiz mumkin. Uchrashuv so‘nggida o‘zaro sovg‘alar almashildi.