TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

Dilfuza Egamberdieva o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, va tuproq mikrobiomi sohasidagi tadqiqotlari uchun mikrobiologiya bo‘yicha 2023-yilgi nufuzli YUNESKO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. 

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar institut bo’limi rahbari, Dilfuza Egamberdieva o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, va tuproq mikrobiomi sohasidagi tadqiqotlari uchun mikrobiologiya bo‘yicha 2023-yilgi nufuzli YUNESKO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. 
Dilfuza Egamberdieva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya fakultetini tamomlab, 2000 yilda Berlinning Gumbold universiteti, Qishloq ho‘jaligi va bog‘dorchilik fakultetida fan doktori ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida tan olinib 2014 yilda Global Yoshlar Akademiyasi (GYA), 2021 yilda Butunjahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) va Islom Dunyosi Fanlar Akademiyasi (IAS) azoligiga saylangan.  Dilfuza Egamberdieva h-индекси 47 (SCOPUS) va 44 (Web of Science) bo'lib O'zbekistondagi eng ko'p iqtiboslar keltirilgan olimlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha yordamida mikrobiologiya sohasida maktab yaratish ustida ishlamoqda.
YUNESKO-Karlos Finli mukofoti YUNESKO va Kuba hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan ikki yilda bir marotaba taqdirlanadigan ilmiy mukofotdir. Mukofot o‘zining sariq zang kasalligi bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur kubalik shifokor va mikrobiolog Karlos Xuan Finley sharafiga qo‘yilgan. Mikrobiologiya sohasida erishgan salmoqli yutuqlari uchun olimlar yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari mazkur mukofot sohibi bo‘la oladilar.