Muzeyga tashrif
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G. Shodiyeva hamda ularga biriktirilgan talabalari Sergey Borodin muzeyiga tashrif buyurishdi. Sergey Petrovich Borodin - rus sovet nasriy yozuvchisi, mashhur tarixiy romanlar muallifi. 1941 yilgacha u Amir Sargʻijon taxallusi bilan ijod qilgan.
Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi. Stalin mukofoti laureati. “Samarqand osmonida yulduzlar” asari muallifga shuhrat keltirdi. Roman-dostonda Temir cho‘loq qo‘li bilan birlashgan xalqlar hayoti, uning hukmronligi davridagi O‘zbekistonning qadimiy poytaxti – Samarqand haqida hikoya qilinadi. Birinchi kitob “Cho’loq Temur”da ulkan, yagona markazlashgan davlatning barpo etilishi haqida so‘z boradi.
"Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati