Statistika agentligiga tashrif
2023 yilning 25-oktyabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) Z. Yuldoshev 2-bosqich talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar mamlakatimizda amalda rasmiy statistik ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni bilan bevosita tanishib chiqdilar.
Shu bilan birga, Statistika agentligi binosining ichida joylashgan statistika muzeyida ham bo‘ldilar. Talabalar muzeyning noyob eksponatlari bilan yaqindan tanishibgina qolmay mamlakatimizda statistika tizimining tashkil topishi hamda rivojlanish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari statistika tizimi rahbarlari, mutaxassislari va statistika faxriylari bilan suhbatlashdilar.
2023 yilning 8-noyabr kuni “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi o‘qituvchisi PhD Z. Yuldoshev 2 – bosqich talabalari bilan Statistika fanidan amaliy darslarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida tashkil qildi.
Talabalar Statistika agentligida ish jarayonlari bilan tanishdilar hamda demografiya, mehnat va gender statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish ishlari bilan bevosita tanishib chiqdilar.