Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l
Hamma narsani kadrlar hal qiladi degan fikr o‘z kuchini yo‘qotgan emas, yo‘qotmaydi ham. Bu davlat xizmatchisining har tomonlama bilimi, muloqot etiketi va boshqarish salohiyatiga bog‘liq bo‘lishi tabiiy. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bitiruvchilarini Davlat korxona va tashkilotlariga ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xuzuridagi Davlat Xizmatini Rivojlantirish Agentligining Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Abdukarimova Maryam Yo‘ldoshevna va Toshkent shahar filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh inspektori Abdukarimov O‘tkir Xamzaevich mutaxassislari bilan “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” doirasidagi seminar bitiruvchi kurs talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xudayarov Baxtiyor Alimovich boshqaorib bordi. Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Abdukarimova Maryam Yo‘ldoshevna tomonidan salohiyatli kadrlar zahirasi, “Shaxsiy rivojlanish rejasi”ni ishlab chiqish, Kadrlar zahirasini shakllantirishda va xorij tajribasi haqida ma’lumot berildi. U o‘zimizning sobiq xodimamiz bo‘lib 1989-1990 yillar “TIQXMMI” institutida kafedra laboranti bo‘lib mehnat faoliyatini boshlagan.
1990-1995 yillar “TIQXMMI”ni tamomlagan. U iqtisodiyot fanlari nomzodi, Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori. Jumladan, u SINGAPUR tajribasi Davlat xizmati liderlik dasturi (The Public Service Leadership Programme), BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARI tajribasi Hukumat liderlari dasturi (Government Leadership Programme), KOREYa RESPUBLIKASI tajribasi Global liderlar dasturi (Global Leadership Programme) to‘g‘risida ham ishtirokchilar mufassal tushunchaga ega bo‘lishdi.
Toshkent shahar filali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh inspektori Abdukarimov O‘tkir Xamzaevich esa VACANCY.ARGOS.UZ elektron platformasi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar tizimidan qanday foydalanish - vakansiyalar bilan tanishish, lavozimni tanlash, shaxsiy kabinet ochish, test va suhbatdan o‘tkazish, malaka talablarini o‘rganish, hujjat topshirish ishga qabul qilish tanlov natijalarini portalga joylashtirish va vakansiya avtomatik tarzda yopilishi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i Xolmurod Xayitov axboroti
Universitet matbuot xizmati